Yurak aritmiyalari ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi yurak-qon tomir kasalliklari sohasida ilmiy, klinik va amaliy faoliyat olib boradi.
Laboratoriya 1989-yilda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shuningdek yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlari bilan kechuvchi boshqa kasalliklarni (ayniqsa hayot uchun xavfli shakllarini) zamonaviy tashxislash, davolash va profilaktika usullarini O‘zbekiston aholisi xususiyatlari hamda davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini tashkil etish tizimini hisobga olgan holda joriy etish maqsadida tashkil etilgan.
Ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari
Laboratoriyaning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
- Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda to‘satdan yurak o‘limining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi.
- Yangi antiaritmik dori vositalarini klinik amaliyotga joriy etish.
- Bo’lmachalar fibrillyatsiyasi mavjud bemorlarda tromboembolik asoratlarning profilaktikasi.
Ilmiy va amaliy ahamiyati
Laboratoriya tadqiqotlari natijalari quyidagilarga qaratilgan:
- yurakning hayot uchun xavfli va/yoki simptomli aritmiyalarini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik yondashuvlarni takomillashtirish;
- kardiologiya markazi amaliyotiga, shuningdek uning viloyat filiallariga innovatsion usul va texnologiyalarni joriy etish;
- Yevropa va Yevrosiyo kardiologlar jamiyatlari tavsiyalari hamda milliy klinik protokollarga muvofiq ravishda bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam samaradorligi va xavfsizligini oshirish.
Moddiy-texnik baza
Laboratoriya zamonaviy ilmiy va diagnostik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu fundamental va klinik tadqiqotlarni zamonaviy metod va texnologiyalar asosida olib borish imkonini beradi.
Ish jarayonida quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- Standart EKG va ritmogramma (tinch holatda)
- Qorincha kech potensiallarini baholash
- Antiaritmik preparatlar bilan o‘tkaziladigan o‘tkir dori testlari
- Yurak ritmini sutkalik monitoring qilish (24 soatlik Xolter EKG monitoringi)
- Yurak ritmi variabelligi, turbulentligini va QT intervali dispersiyasini baholash
- Yuklama EKG testlari (tredmil-test)
- Genetik tadqiqot usullari
- Exokardiografiya
- Qizilo‘ngach orqali exokardiografiya
- Kardioversiya (elektr yoki farmakologik)
Laboratoriya jamoasi
Laboratoriya tarkibida yuqori malakali mutaxassislar — kardiolog shifokorlar, ilmiy xodimlar va texnik mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Laboratoriya rahbari:

Zakirov Nodir Uzuyevich
professor, tibbiyot fanlari doktori.
Laboratoriya xodimlari:

Kurbanov Ravshanbek Davlatovich
RIKIATM direktori maslahatchisi, akademik, O‘zbekiston Qahramoni.

Tursunov Ergashali Yandashaliyevich
katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi.

Rasulov Alisher Sharofovich
kichik ilmiy xodim.

Tolibov Axtam Akramovich
tayanch doktorant.

Maxmudov Muhammadkarim
tayanch doktorant.

Xolmurodov Shahzod
tayanch doktorant.
Laboratoriya tarixi va yutuqlar
Laboratoriya faoliyati davomida kardiologiya va tibbiyot fanlari sohasidagi yetakchi mutaxassislar rahbarlik qilishgan:
- 1989–2021 yy. — Kurbanov Ravshanbek Davlatovich,
- 2021 y. – hozirgacha — Zakirov Nodir Uzuyevich,
Laboratoriya faoliyatining asosiy natijalari:
Davlat mukofoti
Monografiya
Ixtiro
Doktorlik dissertatsiyasi
nomzodlik dissertatsiyasi
Hamkorlik
Laboratoriya quyidagi muassasalar bilan faol hamkorlik qiladi:
Shuningdek laboratoriya ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari, klinik markazlar va professional jamiyatlar bilan ham hamkorlik qiladi.
Ta’lim faoliyati
Laboratoriya bazasida quyidagilar amalga oshiriladi:
- ordinatorlar tayyorlash;
- PhD va DSc bazaviy doktorantlarini tayyorlash;
- postdiplom ta’lim uchun “Yurak ritmi va o‘tkazuvchanlik buzilishlari” mavzusida 36 soatlik kurslar;
- ilmiy seminarlar va maktablar tashkil etish;
- mamlakatning turli viloyatlaridagi ixtisoslashgan muassasalarda ta’lim dasturlarida ishtirok etish.
