Markaz tarixidagi rahbarlar
Markaz taraqqiyotiga
hissa qo‘shga rahbarlar
Ushbu bo‘limda markazimizni turli yillarda boshqargan, uning rivoji va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan rahbarlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Rauf-Rafail Katsenovich
direktori

Ravshanbek Kurbanov
kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Refat Mamutov
bosh shifokori

Ravshan Shukurov
klinikasi bosh shifokori

Axmatov Yashin
klinikasi bosh shifokori
Markaz tarixi
Markazning rivojlanish tarixi
Ilmiy Markaz
Ilmiy markaz Toshkent shahrida joylashgan. 1976-yil Toshkent tibbiot akademiyasi tarkibida ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilib, 1978-yilda mustaqil institut boʻlib ajralib chiqdi.
Kardiologiya Markazi
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan so‘ng sog‘liqni saqlash sohasida o‘tkazgan islohotlari natijasida kardiologiya yo‘nalishi tubdan qayta ko‘rib chiqildi va ushbu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Faromni asosida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi tashkil etildi.
Ixtisoslashtirilgan Markaz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimini yanada shakllantirish, profilaktika va kasalliklarni barvaqt aniqlashni takomillashtirish, aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologik tibbiy yordam ko‘rsatishning natijadorligi, sifatini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3071-sonli qarori asosida ixtisoslashtirilgan markazga aylantirildi.
2022-yil 1 yanvar holatiga
Markazda 494 nafar xodim faoliyat yuritib, shu jumladan 1 nafar akademik, 5 nafar professor, 8 nafar katta ilmiy xodim, 18 nafar tibbiyot fanlari doktori, 28 nafar tibbiyot fan nomzodlari (PhD) mehnat qiladi.
Markazning asosiy vazifalari:
- zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish va yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
- mavjud tibbiyot uskunalari va jihozlarini doimiy ravishda yangilab turish va modernizatsiya qilish, markazni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashgan yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon berish;
- asosiy yurak-qon tomir kasalliklari (yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, yurak ritmining buzilishi, arterial gipertenziya) bilan kasallangan bemorlarning profilaktikasi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha o‘z ilg‘or usul va texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
- arterial gipertenziya, yurak tomirlari kasalligi va ularning rivojlanish xavf omillari (chekish, jismoniy harakatsizlik, spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish, ortiqcha vazn va boshqalar) oldini olish bo‘yicha Respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
- yetakchi kardiologik tibbiyot muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, Markaz tibbiyot xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish.
