
Xalqaro darajadagi eʼtirof va ishonch

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan klinika
Tuzilma
Kardiologiya xizmati xalq xizmatida
13 +
50 +
621
Bizning maqsadimiz yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va uni uzaytirishdir! Markazimizda malakali shifokorlar va tajribali hamshiralar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida, qulay va xavfsiz sharoitlarda sog‘lig‘ingizni tiklash hamda mustahkamlash uchun sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda!

Yuragingizni e’tiborsiz
qoldirmang
Fozilov Xurshid Gaytarovich
Markaz direktori

Kunlik ma'lumot
Statsionar bo‘limlar bo‘yicha o‘rinlar holati
252
210
201
9
Xizmatlar
Aholiga ko'rsatilinadigan
tibbiy xizmat turlari

Markazimizning ambulator xizmati bemorlarga qulay sharoitda, uyda yoki klinikamizda malakali shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladigan, profilaktika va davolanishni o‘z ichiga olgan zamonaviy tibbiy xizmatdir.

Markazimizning statsionar xizmati bemorlarga klinikamizda doimiy nazorat va kuzatuv ostida, zamonaviy jihozlar va malakali mutaxassislar yordamida to‘liq tibbiy parvarish va davolanishni ta’minlovchi xizmatdir.

Markazimizning klinik laboratoriyasi zamonaviy uskunalar va ilg‘or texnologiyalar asosida tahlillarni o‘tkazib, kasalliklarni aniqlash, sog‘liq holatini baholash hamda davolanish samaradorligini nazorat qilishni ta’minlaydi.

Markazimizda ilg‘or tibbiy amaliyotlar zamonaviy jarrohlik texnologiyalari asosida amalga oshirilib, bemorlarga xavfsiz, samarali, jahon standartlariga mos va yuqori sifatli davolash natijalarini ta’minlashga qaratilgan.
MARKAZNING MISSIYASI
Istiqboliy qarashi va qadriyatlari
Markazimiz tibbiyot sohasida ilg‘or tajribalar va yuqori malakali mutaxassislar jamoasi bilan bemorlarga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishga intiladi.
- Missiya
- Istiqboliy qarash
- Qadriyatlar
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining missiyasi aholiga yuqori sifatli, xavfsiz, bemorga yo‘naltirilgan va dalillarga asoslangan ixtisoslashtirilgan kardiologik yordam ko‘rsatish, yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olishda ilg‘or klinik amaliyot, ilmiy-amaliy yondashuv hamda doimiy takomillashtirish madaniyatini rivojlantirishdan iborat. YQT kasalliklarini barvaqt aniqlash hamda samarali davolashni maqsad qilganmiz.
Markaz O‘zbekiston va mintaqada kardiologiya yo‘nalishida bemor xavfsizligi, klinik natijalar, innovatsion yondashuv, ilmiy-amaliy salohiyat va xalqaro standartlarga muvofiqlik bo‘yicha yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri bo‘lishga intiladi.
Markaz faoliyati bemor xavfsizligi va inson qadr-qimmatini hurmat qilish, professionallik, halollik va shaffoflik, dalillarga asoslangan qaror qabul qilish, jamoaviy hamkorlik, xodimlar malakasini rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat va xizmatlar sifatini doimiy yaxshilash tamoyillariga asoslanadi.
Aloqa uchun
+998 71 237 36 88
YOKI
Bizga xabar yuborish:
cardiocenter@ssv.uz
Xizmatlar narxlari
Xizmatlar narxi va tayyor to'plami
Kengaytirilgan
Tashakkurnoma

Bu yerda menga katta e’tibor, aniq tashxis va samarali davolash ko‘rsatildi. Shifokorlar yondashuvi tufayli sog‘lig‘im yaxshilandi va o‘zimni ancha ishonchli his qila boshladim!
Roza Nuratdinova

Shifokorlar juda e’tiborli, maslahatlari esa ishonch uyg‘otadi. Bugun o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman va ushbu markazni boshqalarga ham tavsiya qilaman.
Mirpo’lat Mirkarimov

Ushbu poliklinikaga murojaat qilganimdan juda mamnunman. Qabul jarayonidan tortib davolashgacha hammasi aniq va tushunarli tashkil etilgan.
Muqadas Matvaliyeva
Aloqa ma’lumotlari
- 100052, Toshkent sh. Osiyo,4
- info@rkm.uz ipc@rkm.uz
- +998 55 0502020
Ish vaqti
- Dushanba-juma8:30 – 16:00
- Shanba8:30 – 14:00
- YakshanbaYopiq
Bog‘lanishni so‘rash
So‘nggi yangiliklar
So‘nggi voqealar rivojidan
ortda qolmang
Saytimizda siz uchun dolzarb yangiliklar, foydali maqolalar va qiziqarli voqealar taqdim etiladi. Har kuni biz bilan birga bo‘ling va eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.



