Umumiy ma’lumot
Elektrofiziologik tadqiqotlar (EFT) va yurak ritmi buzilishining murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi 2008-yilda tashkil etilgan. Bo‘limni tashkil etishdan maqsad yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilgan bemorlarga jahon standartlari darajasida yuqori texnologik yordam ko‘rsatish.
EFI va yurak ritmi buzilishining murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi 20 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy rentgen-jarrohlik bloki mavjud va u zamonaviy uskunalar («BARD» ,»Micro Pace» Siemens «Artis Q», «CARTO 3» navigatsiya tizimi, «Medtronic» va «Boston Scientific» krioablatsiya modullari, «EP-Tracer» EFI uchun mobil modul) bilan jihozlangan
Davolash
Bo’limda xalqaro standartlarga javob beradigan bemorlar tekshiruvlari o'tkaziladi:
- 24 soatlik qon bosimi monitoringi (QQM)
- 24 soatlik Xolter EKG monitoringi (HMECG)
- Bir yoki ikki kamerali elektrokardiostimulyator implantatsiyasi
- Yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasi uchun qurilmalarni implantatsiya qilish (CRT-P, CRT-D)
- Implantatsiya qilinadigan kardioverter defibrillyatorlar (IKD, ICD) implantatsiyasi
Bo’limda t.f.d.,professor Shek A.B. rahbarligida yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Bo`lim integrativ tibbiyot tamoyillari asosida bemorni davolashga individual va yaxlit yondashuvni amalga oshiradi. Bo‘lim mutaxassislari komorbid holatlari bo‘lgan bemorlarning xavf-xatar stratifikatsiyasini aniqlaydi va xalqaro ko‘rsatmalarga muvofiq davolashni amalga oshiradi.
Natijalar
Yurak ishemik kasalliklari va dislipidemiya bo‘limida olib borilayotgan kompleks tashxis va davolash ishlari yuqori samara bermoqda.
Zamonaviy diagnostik usullar, xalqaro protokollarga tayangan individual yondashuv va tajribali mutaxassislar mehnati natijasida quyidagi yutuqlarga erishilmoqda:
- YuIK va dislipidemiya bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxis qo‘yish ko‘rsatkichlari oshdi.
- Bemorlarda xafaqat xatar omillarini baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha yaxlit strategiyalar amaliyotga joriy etildi.
- Lipid almashinuvi buzilishlari aniqlanganda, zamonaviy terapiya natijasida klinik ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi
- Tredmil, Xolter monitoringi va boshqa instrumental tekshiruvlar orqali yuza beruvchi asoratlarni oldini olish samaradorligi oshdi.
- Ateroskleroz va YuIK bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari klinik amaliyotga tatbiq etilib, bemor davolash sifati yangi bosqichga ko‘tarildi.
- Davolangan bemorlarda qaytalanish darajasi kamayib, umumiy hayot sifati sezilarli ravishda oshmoqda.
Bu natijalar bo‘limdagi yuqori malakali mutaxassislar, ilg‘or texnologiyalar va bemorga nisbatan individual yondashuv samarasidir.
670 nafar
Fuqaro yil davomida salomatligin tiklaydi
15 turdagi
Yangi zamonaviy va ilgor davolash usullari
22 nafar
Bo’limda tibbiyot xodimlari xizmat qiladi





