Xodim haqida ma’lumot
Sultanov Berdimurat Abdurashid o‘g‘li
Intervension aritmolog, kardioelektrofiziolog
PhD tayanch doktoranti
Tug‘ilgan sana: 1992-yil 29-dekabr
Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri
Ta’lim va malaka
- 2011–2018 — Toshkent tibbiyot akademiyasi, bakalavriat.
- 2018 — Termiz tuman 71-qishloq oilaviy poliklinikasi: oilaviy shifokor va poliklinika mudiri.
- 2018–2020 — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (RIKIATM) 2 yillik klinik ordinatura.
- 2020 yildan — RIKIATM 9-bo‘limida davolovchi shifokor.
- Intervension kardiologiya bo‘yicha 6 oylik tor mutaxassislik kursi.
- RIKIATM intervension aritmologiya jarrohlik blokida hamda bir qator xorijiy klinikalarda o‘tkazilgan master-klasslarda faol ishtirok etgan.
- 2022 yildan — Aritmologiya yo‘nalishida tayanch doktorant (PhD).
Kasbiy faoliyat va asosiy kompetensiyalar
Jarrohlik blokida
- Har xil turdagi yurak aritmiyalarini aniqlash va davolash:
- Medikamentoz terapiya
- Radioto‘lqinli ablatsiya (RChA)
- Yurak ritm qurilmalarini implantatsiya qilish:
- ICD (implantatsiya qilinadigan kardioverter-defibrillyator)
- CRT (kardial resinxronizatsiya terapiyasi)
- EKS (elektrokardiostimulyator)
Jarrohlik blokidan tashqarida
- Xalqaro hamkorlik va tibbiy almashinuv
- Boshqaruv va tashkilotchilik
- Jamoa bilan samarali ishlash
- Ilmiy tadqiqotlar, maqolalar yozish va tahliliy faoliyat
RBizning yo‘nalish va maqsadlarimiz
O‘zbekiston aholisi orasida aritmologik kasalliklar ko‘payib borayotgan bir davrda, markazimiz jamoasi xalqaro amaliyotlarda qo‘llanilayotgan standartlar asosida yuqori malakali va xavfsiz tibbiy yordam ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda Respublikamizda bajarilayotgan intervension aritmologiya amaliyotlari sifat jihatidan rivojlangan davlatlar darajasiga chiqmoqda va bemorlar uchun nisbatan arzon, qulay va tezkor davolash imkoniyatlarini yaratmoqda.
Murojaat qilish
Agar shifokorlarimiz faoliyati, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yoki qabul jarayoni bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa shaklini to‘ldiring. Siz istalgan vaqtda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Shuningdek, markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki shaxsan tashrif buyurib, mutaxassislarimizdan maslahat olishingiz mumkin.

