Umumiy ma’lumot
“Yurak yetishmovchiligi va miokardning nokornarogen kasalliklari” 1997-yil Akademik Kurbanov Ravshan Davlatovich tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, respublikada o‘z sohasi bo‘yicha yagona hisoblanadi. 2024y Miokard nokoranorogen kasalliklari va pulmonologiya bo`limi deb nomlangan. Yurak yetishmovchiligi bo’limi – dilatatsion, peripartal, gipertrofik va ishemik kardiomiopatiyalar, shuningdek, miokarditlar kabi turli etiologiyali surunkali yurak yetishmovchiligi shakllari bilan og’rigan bemorlarga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko’rsatishga ixtisoslashtirilgan.. Bo‘lim 25 o‘ringa ega bo‘lib, zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.
Davolash
Bo’limda xalqaro standartlarga javob beradigan bemorlar tekshiruvlari o'tkaziladi:
- 24 soatlik qon bosimi monitoringi (QQM
- 24 soatlik Xolter EKG monitoringi (HMECG)
- Spirometriya
- Kislota ishqor muvozanati analizatori
- Yurak yetishmovchiligi bilan og`rigan bemorlarda tashxislash uchun qo`llaniladigan zamonaviy biomarkerlar taxlillar: qonda NTproBNP, ST 2 aniqlash
Bo’limda tibbiyot fanlari doktori professor Abdullayev T.A. rahbarligida yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Davolash jarayonida individual patogenetik va simptomatik yondashuvlar, yurak funktsiyasini tiklash va dekompensasiya epizodlarining oldini olishga qaratilgan farmakologik va innovasion usullar qo’llaniladi. Shuningdek, har bir bemor uchun funktsional holati, komorbid fon va yurak remodellanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadli reabilitasiya dasturlari ishlab chiqiladi va dispanser kuzatuvi amalga oshiriladi.
Natijalar
Miokard nokoranorogen kasalliklari va pulmonologiya bo‘limida olib borilayotgan kompleks tashxis va davolash ishlari yuqori samara bermoqda.
Zamonaviy diagnostik usullar, xalqaro protokollarga tayangan individual yondashuv va tajribali mutaxassislar mehnati natijasida quyidagi yutuqlarga erishilmoqda::
- Surunkali yurak yetishmovchiligi va miokardning nokoronarogen kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda erta va aniq tashxis qo‘yish imkoniyatlarining kengayishi, zamonaviy instrumental va laborator tekshiruvlar hisobiga.
- Yurak yetishmovchiligining dekompensatsiya holatlari va qayta kasalxonaga yotqizilish holatlarining kamayishi, individual patogenetik va simptomatik davolash yondashuvlari natijasida.
- Bemorlarning yurak funksional holatining yaxshilanishi, jismoniy yuklamaga chidamliligining oshishi va hayot sifati ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi.
- NT-proBNP va ST2 kabi zamonaviy biomarkerlar asosida davolash samaradorligini monitoring qilish, kasallik prognozini baholash va terapiyani optimallashtirish imkoniyatining oshishi.
- Yurak remodellanish jarayonlarining sekinlashishi yoki regressiyasi, uzoq muddatli asoratlar rivojlanish xavfining kamayishi.
- Komorbid holatlarni (o‘pka patologiyalari, metabolik buzilishlar va boshqalar) kompleks baholash va davolash orqali bemorlarni kompleks boshqarish samaradorligining oshishi.
- Maqsadli reabilitatsiya dasturlari va dispanser kuzatuv orqali bemorlarning davolanishga sodiqligi (komplayens) va o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyatining oshishi.
- Yuqori texnologiyali tibbiy yordamni joriy etish natijasida o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishi va kasallik kechishining og‘ir shakllariga o‘tishining oldini olish.
- Hududiy va respublika miqyosida yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish bo‘yicha klinik tajriba va ilmiy-amaliy salohiyatning oshishi.
Bu natijalar bo‘limdagi yuqori malakali mutaxassislar, ilg‘or texnologiyalar va bemorga nisbatan individual yondashuv samarasidir.
670 nafar
Fuqaro yil davomida salomatligin tiklaydi
15 turdagi
Yangi zamonaviy va ilgor davolash usullari
22 nafar
Bo’limda tibbiyot xodimlari xizmat qiladi







