Xodim haqida ma’lumot
Nizamov Ulugbek Irgashevich
Davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosar — bosh shifokor. Tibbiyot fanlari doktori, Professor.
Tug‘ilgan sana: 1987-yil 6-iyul
Tug‘ilgan joyi: Toshkent, O’zbekiston
Ta’lim va malaka
- 1984–1990 — Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi
- 1990–1993 — Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar klinik kasalxonasi intern-shifokori
- 1993–1997 — Toshkent viloyati, Chinoz shahri xududiy tibbiyot birlashmasi shifokori
- 1997–1999 — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik ordinatori
- 1999–2000 — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi
- 2000–2004 — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti yurak ishemiya kasalligi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi
- 2004–2010 — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi arterial gipertoniya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi
- 2011–2013 — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi arterial gipertoniya laboratoriyasi mudirasi vazifasini bajaruvchi, mudirasi
- 2015–2018 — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” AJ arterial gipertenziya laboratoriyasi mudirasi
- 2018 yildan — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi, arterial gipertenziya laboratoriyasi mudirasi, direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar
Kasbiy faoliyat va asosiy kompetensiyalar
Xamidullayeva Gulnoz Abdusattarovnaning umumiy mehnat staji 35-yil. 2021-yildan beri Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda Arterial gipertoniya bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Ish faoliyatini 1991-yil Toshkent viloyati Chinoz tumani markaziy poliklinikasining uchastka terapevti sifatida boshlagan. 1997-1999-yillarda Kardiologiya ITI da klinik ordinatura kursini tamomlagach, shu institutda, keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi (2003-yildan) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (2018-yildan) kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, professor va bo‘lim rahbari, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida ish faoliyatini davom ettirgan. 2004-yildan tibbiyot fanlari nomzodi, 2010-yilda katta ilmiy xodim unvoni, 2011-yildan tibbiyot fanlari doktori, 2018-yilda professor unvonini olgan.
Sog‘liqni Saqlash vazirligining «Arterial gipertoniyali shaxslarga (bemorlarga) tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi buyrug‘ini, “Arterial gipertoniya bo‘yicha Milliy bayonnoma va davolash standartlarini”, JSST yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha moslashtirilgan PEN-protokolini tayyorlash jarayonida faol ishtirok etgan, “Arterial gipertoniya” deb nomlangan o‘zbek tilidagi monografiyaning muallifi. Kardiologiya xizmati vertikali bo‘yicha Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Jizzax, Navoi, Namangan, Andijon viloyatlarida birlamchi tizim shifokorlarini o‘qitish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam bergan.
Xamidullayeva G.A. amaliy va fundamental ilmiy loyihalar rahbari sifatida kardiologiya amaliyotiga molekulyar-genetik tekshiruvlarni tadbiq etish, arterial gipertoniyaning irsiyatida ishtirok etuvchi nomaqbul genetik polimorfizmlarni o‘rganish asosida kasallik rivojlanishi xavfini baholovchi shkalalar uning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokida ishlab chiqilgan. Xususan, Xamidullayeva G.A. o‘zbek millatiga tegishli sog‘lom va gipertoniyali shaxslarning DNK bankini yaratishda, mitoxondrial DNK va gipertoniya patogenezida ishtirok etuvchi neyrogumoral tizimlar faolligini molekulyar-genetik tashxislashning fundamental asoslarini ishlab chiqishda va ularni amaliyotga tatbiq etishda yetakchilik qilgan. Olib borilgan ilmiy ishlarning yuqori ilmiy va amaliy ahamiyati amaliyotga tatbiq etilgan monografiyalar, metodik qo‘llanmalar, ixtiro va dasturiy mahsulotlarga patentlar va ixtiroga talabnoma dalolat beradi. Xamidullayeva G.A. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, bir qator ilmiy shogirdlari mavjud, jumladan 3 nafar tibbiyot fanlari doktori (DSc) va 5 nafar tibbiyot fanlari nomzodi (PhD)ni tayyorlagan.
Xamidullayeva G.A. RIKIATM viloyatlardagi markaz filiallarida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quv kurslaridagi ma’ruzalari bilan muntazam ravishda mutaxassislarga (klinik ordinatorlar, magistrlar, diplomdan keyingi ta’lim oluvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar) kasb mahorati sirlarini o‘rgatishga katta e’tibor qaratadi.
Bizning yo‘nalish va maqsadlarimiz
O‘zbekiston aholisi orasida aritmologik kasalliklar ko‘payib borayotgan bir davrda, markazimiz jamoasi xalqaro amaliyotlarda qo‘llanilayotgan standartlar asosida yuqori malakali va xavfsiz tibbiy yordam ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda respublikamizda bajarilayotgan intervension aritmologiya amaliyotlari sifat jihatidan rivojlangan davlatlar darajasiga chiqmoqda va bemorlar uchun nisbatan arzon, qulay va tezkor davolash imkoniyatlarini yaratmoqda.
Murojaat qilish
Agar shifokorlarimiz faoliyati, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yoki qabul jarayoni bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa shaklini to‘ldiring. Siz istalgan vaqtda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Shuningdek, markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki shaxsan tashrif buyurib, mutaxassislarimizdan maslahat olishingiz mumkin.

