O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25 maydagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan 2026 yil 7 aprel kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar" bo'yicha 25-son topshiriqlar bayonining 12-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, shuningdek, O'zbekiston Zamonaviy besh kurash federatsiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida shartnomalar imzolandi.

Mazkur hamkorlikdan ko'zlangan asosiy maqsad terma jamoa sportchilarining sog'lig'ini muhofaza qilish, ularga zamonaviy va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologik tibbiy xizmatlarni ko'rsatish, shuningdek, sport tibbiyoti sohasida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Imzolangan shartnomalarga muvofiq, Markaz federatsiyalar terma jamoasi a'zolariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologik tibbiy xizmat ko'rsatadi, profilaktik tibbiy ko'riklar tashkil etadi, funksional diagnostika tekshiruvlarini o'tkazadi hamda zaruratga ko'ra statsionar davolash xizmatlarini ta'minlaydi.

Shu bilan birga, federatsiyalar o'z sportchilari sog'ligini muhofaza qilish, muntazam tibbiy kuzatuvlarni tashkil etish hamda sport tibbiyoti bo'yicha mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalarni amaliyotga joriy etishda Markaz bilan yaqin hamkorlik qiladi.

Ushbu hamkorlik sportchilar sog'lig'ini mustahkamlash, ularning yuqori sport natijalariga erishishi uchun zarur tibbiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlash hamda mamlakatimizda sport tibbiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

This field is required.

This field is required.