2026-yil 13–15-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida “Tibbiyotda ta’lim” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Qozon davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida “Kardiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha ordinaturada qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomon o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish va tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.





