Joriy yilning 11–13-dekabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Yevropa kardiovaskulyar vizualizatsiya assotsiatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda 3000 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

Mazkur kongressda ishtirok etish kardiovaskulyar vizualizatsiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish imkonini berdi. Sun’iy intellekt asosidagi tashxislash texnologiyalari, klinik keyslar va tajriba almashishlar kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarimizni oshirdi.

Bekmetova F.M. — Yurak-qon tomir kasalliklarini noinvaziv tashxislash laboratoriyasi rahbari

Yevropa kardiovaskulyar vizualizatsiya assotsiatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongressning asosiy maqsadi kardiologiya va intervension kardiologiyada zamonaviy tashxislash hamda davolash usullarini muhokama qilishdan iborat bo‘lib, unda 3D va 4D exokardiografiya, MRT, MSKT texnologiyalarining sun’iy intellekt bilan integratsiyasi keng namoyish etildi. Shuningdek, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari, klinik keys-reportlar hamda workshoplar tashkil etildi.

Mazkur xalqaro kongressda O‘zbekiston kardiologlari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, RIKIATM Yurak-qon tomir kasalliklarini noinvaziv tashxislash laboratoriyasi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Bekmetova F.M., katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi Doniyorov Sh.N., hamda kichik ilmiy xodim Karimov B.S. kongress doirasida 2 ta moderatorlik ostidagi og‘zaki ma’ruza va 2 ta poster taqdimot bilan qatnashdilar.

Kongress davomida olingan bilim, ko‘nikma va malakalar kardiologiya, intervension kardiologiya hamda kardioxirurgiyada yurak-qon tomir kasalliklarini yuqori aniqlikda tashxislash va samarali davolash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

This field is required.

This field is required.