2025-yil 27–28-noyabr kunlari Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazida “O‘tkir holatdan tiklanishgacha: OKS va insultda ko‘p tarmoqli yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Olimlar va amaliyotchilar o’zlarining so’nggi tadqiqotlari, kashfiyotlari va tajribalarini boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan bo’lishadilar.
Xamidullaeva G.A. — Ilmiy ishlar bo’yicha markaz direktori o’rinbosari
Toshkent shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida:
- o‘tkir koronar sindrom, insult va boshqa o‘tkir yurak holatlariga zamonaviy yondashuvlar;
- jarrohlik davolashning yangi usullari;
- exokardiografiya va innovatsion diagnostika imkoniyatlari;
- komorbid holatlarga ega bemorlar bilan ishlash bo‘yicha samarali amaliyotlar muhokama qilindi.





- klinik amaliyot uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi,
- bir qator mahorat darslari o‘tkazildi,
- kardiologiya sohasidagi eng yangi ilmiy ishlanmalar taqdim etildi.

