O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi majburiyatlarining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yangi jamoa shartnomasi xodimlarga ko‘p imkoniyatlar eshigini ochadi.

Rovshanov B.U. — Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilishda muassasa bosh shifokori, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, ijtimoiy – mehnat masalalari bo‘yicha komissiya a’zolari, delegatlar, nafar mehnat jamoasi vakillari hamda (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika  kengashi raisi o‘rinbosari G.K.Toxtayeva O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi raisi G.Sh.Toshpulatova va Toshkent shahar bo‘yicha mehnat huquq inspektori M.M.Sodiqovlar ishtirok etdilar.

Umumiy yig‘ilish (konferensiya)da  bosh shifokor U.I.Nizamovning  hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.U.Rovshanovning hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilindi, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya raisining dalolatnomasi tasdiqlandi.  

Umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) jamoa shartnomasining bajarilishi qizg‘in tarzda muhokama qilindi va faoliyati qoniqarli deb topildi.

Shuningdek, konferensiyada Markazning 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi muhokama qilinib, tasdiqlandi.