Toirova Dilnoza

Kardiolog

Zamonaviy tibbiy standartlar va ko‘p yillik tajribaga tayangan holda, klinikamiz mahalliy va xalqaro darajada yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatadi.

Xodim haqida ma’lumot

Tairova Dilnoza Rustamdjanovna
Kardiolog, Kasbiy faoliyat va asosiy kompetensiyalar, 

Tug‘ilgan sana: 1982-yil 16-dekabr
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati

Ta’lim va malaka
  • 2000–2007 — II Toshkent  davlat tibbiyot instituti  talabasi
  • 2008–2013 — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi  klinik ordinatori
  • 2012–2013 — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi tashkiliy uslubiy bo‘limi statistik shifokori
  • 2013–2014 — «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» ochiq  aksiyadorlik jamiyati tashkiliy uslubiy bo‘limi statistik shifokori
  • 2014–2018 — «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi»  aksiyadorlik  jamiyati tashkiliy uslubiy bo‘limi statistik shifokori.
  • 2018 yildan — «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasasi   tashkiliy uslubiy bo‘limi  tibbiyot statistika  shifokori, 6-reabilitatsiya bulimi shifokor kardiologi

Kasbiy faoliyat va asosiy kompetensiyalar

Terapiya yo’nalishida
  • Tairova Dilnoza Rustamdjanovna sog‘liqni saqlash tizimida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali shifokor-kardiolog hisoblanadi. U o‘z mehnat faoliyati davomida yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish bilan bir qatorda, tibbiyot statistikasi va tashkiliy-uslubiy faoliyat yo‘nalishlarida ham samarali ish olib borgan.
Asosiy kompetensiyalari
  • Yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash
  • Kardiologik reabilitatsiya jarayonlarini olib borish
  • Bemorlarning funksional holatini baholash va monitoring qilish
  • Tibbiy-statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish
  • Davlat statistik hisobotlarini tayyorlash va yuritish
  • Tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash
  • Klinik va statistik ma’lumotlar asosida tahliliy xulosalar berish
  • Tibbiy hujjatlarni belgilangan me’yor va standartlarga muvofiq yuritish
Bizning yo‘nalish va maqsadlarimiz

O‘zbekiston aholisi orasida aritmologik kasalliklar ko‘payib borayotgan bir davrda, markazimiz jamoasi xalqaro amaliyotlarda qo‘llanilayotgan standartlar asosida yuqori malakali va xavfsiz tibbiy yordam ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda respublikamizda bajarilayotgan intervension aritmologiya amaliyotlari sifat jihatidan rivojlangan davlatlar darajasiga chiqmoqda va bemorlar uchun nisbatan arzon, qulay va tezkor davolash imkoniyatlarini yaratmoqda.

Murojaat qilish

Agar shifokorlarimiz faoliyati, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yoki qabul jarayoni bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa shaklini to‘ldiring. Siz istalgan vaqtda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Shuningdek, markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki shaxsan tashrif buyurib, mutaxassislarimizdan maslahat olishingiz mumkin.