Xodim haqida ma’lumot
Xafizova Lola Shuxratovna
Kardiolog, endokrinologiya va kardiometabolik buzilishlar bo‘limi mudiri, Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tug‘ilgan sana: 1977-yil 23-yanvar
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
Ta’lim va malaka
- 1989–1991 — Toshkent shahar 6-son shifoxonasining allergologiya bo‘limida farrosh
- 1991–1997 — Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi
- 1997–1998 — Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti revmatologiya bo‘limida shifokor-intern
- 1998–2001 — Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida klinik ordinator
- 2001–2004 — Toshkent shahar Pediatriya tibbiyot instituti poliklinikasida terapevt
- 2004–2005 — Toshkent shahar Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasbiy sog‘lomlashtirish milliy markazi ichki kasalliklar bo‘limida terapevt-shifokor
- 2005–2009 — Toshkent shahar Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasbiy sog‘lomlashtirish milliy markazi aspiranti
- 2009–2014 — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” OAJ arterial gipertoniya laboratoriyasida kichik ilmiy xodim
- 2015–2018 — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” AJ arterial gipertenziya laboratoriyasida kichik ilmiy xodim
- 2018–2020 — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi, bemorlar reabilitatsiyasi 13-kardiologiya bo‘limi mudiri
- 2020 yildan — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi, 12-endokrinologiya va kardiometabolik buzilishlar bo‘limi mudiri
Kasbiy faoliyat va asosiy kompetensiyalar
Terapiya yo’nalishida
- Komorbid holatlari bo‘lgan bemorlarning xavf-xatar stratifikatsiyasini aniqlash va xalqaro ko‘rsatmalarga muvofiq davolashni amalga oshish.ardiologiya yo’nalishidagi kasalliklarni zamonaviy standartlar bo’yicha tashxislash va davolash:
- Yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan lipid, uglevod va purin almashinuvining buzilishi (qandli diabet, semizlik, giperurikemiya, surunkali buyrak kasalligi va boshqalar) bilan bog’liq bo’lgan komorbid kasalliklarni tashxislash va davolash.
- Zamonaviy diagnostika uskunalari bilan tekshirish (xalqaro standartlarga javob beradigan bemorlar tekshiruvlarini analizi): 24 soatlik qon bosimi monitoringi (QQM), 24 soatlik Xolter EKG monitoringi (HMECG), ekokardiyografiya, VEM testi, puls to’lqinining tezligi va qon tomirlarining qattiqligini aniqlash, buyrak funktsiyasini baholash, qon lipid profilini tahlil qilish, uglevod almashinuvi va urik kislotalar darajasi.
- Integrativ tibbiyot tamoyillari asosida bemorlarni davolashga individual va yaxlit yondashuvlarni amalga oshirish.
Bizning yo‘nalish va maqsadlarimiz
O‘zbekiston aholisi orasida aritmologik kasalliklar ko‘payib borayotgan bir davrda, markazimiz jamoasi xalqaro amaliyotlarda qo‘llanilayotgan standartlar asosida yuqori malakali va xavfsiz tibbiy yordam ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda respublikamizda bajarilayotgan intervension aritmologiya amaliyotlari sifat jihatidan rivojlangan davlatlar darajasiga chiqmoqda va bemorlar uchun nisbatan arzon, qulay va tezkor davolash imkoniyatlarini yaratmoqda.
Murojaat qilish
Agar shifokorlarimiz faoliyati, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yoki qabul jarayoni bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa shaklini to‘ldiring. Siz istalgan vaqtda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Shuningdek, markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki shaxsan tashrif buyurib, mutaxassislarimizdan maslahat olishingiz mumkin.

